O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Xayriya aksiyalaridagi faolligi uchun “Dentafill” kompaniyasi Agentlik tomonidan eʼtirof etildi

Xabaringiz bor, o‘tgan yili O‘zbekiston Respublikasi  Prezidenti topshirig‘iga binoan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda ko‘mak uchun Tojikiston Respublikasiga insonparvarlik yordami jo‘natilgan edi. Qo‘shni davlatga zarur dori vositalari, tibbiy buyumlar uskunalar va texnika, shuningdek maxsus  konteynerlar yuborilgan.

Aytish joiz, bunda O‘zbekistonning qator farmatsevtika ishlab chiqarish korxonalari o‘z mahsulotlarini beg‘araz ajratib, tojik xalqiga yordam qo‘lini cho‘zdilar.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi og‘ir damda birlashib, bir yoqadan bosh chiqarib fidokorona mehnat qilgan va yordamini ayamagan ishlab chiqaruvchilar hamda kompaniyalarga alohida minnatdorchilik bildirdi va ularga maxsus tashakkurnomalar taqdim qildi va qilmoqda.

Kuni kecha, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Qizlarxon Begmatova sahovatpeshalar qatorida bo‘lgan Dentafill kompaniyasiga Agentlik direktori nomidan tashakkurnoma topshirdi. Kompaniyaning Eksportni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Jasur Ravshanov tashakkurnomani qabul qilar ekan, vatan va xalq ravnaqi yo‘lida korxona doimo fidokorona faoliyat olib borishiga tayyor ekanligini bildirdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech