O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Xorazm viloyati Urganch shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha ikkinchi Hududlararo hamkorlik forumi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston – Qozog‘iston o‘rtasidagi yaqin qo‘shnichilik, strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, hududlarning sanoat salohiyati va imkoniyatlari to‘g‘risida o‘zaro ma’lumot almashish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik qilish va istiqbolli yo‘nalishlarni belgilab olish maqsadida tashkil etilgan ushbu forumda ikki mamlakat hududlaridagi ishbilarmon doiralar vakillari, viloyat hokimlari o‘rtasida uchrashuvlar, yetakchi korxonalar mahsulotlarining ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

Forumda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi vakillari ham ishtirok etayotgan bo‘lib, Agentlik direktori birinchi o‘rinbosari Nozim Berdiyev alohida taqdimot o‘tkazdi va ishtirokchilarga mamlakatimiz farmatsevtika sohasining eksport salohiyati va investitsion jozibardorligi borasida atroflicha ma’lumot berdi.

“Forumning birinchi kunida ikkita Hamkorlik memorandumi imzolandi. Xususan, Dentafil kompaniyasining Qozog‘istonda ishlab chiqarish korxonasini ochish bo‘yicha loyihani amalga oshirish, hamda ushbu qurilajak korxonada farmatsevtik va gigiyenik mahsulotlar ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish”, deya aytib o‘tdi Farmagentlik direktori birinchi o‘rinbosari Nozim Berdiyev.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida hududlararo hamkorlikka bag‘ishlangan birinchi forum 2018 yil 15 noyabrda Chimkent shahrida bo‘lib o‘tgan edi. Unda O‘zbekiston tomonidan vazirlik va idoralar mas’ul xodimlari, hududlar, tashkilotlar, kompaniyalar va xususiy ishbilarmon doiralar rahbarlaridan iborat 200 ga yaqin vakil ishtirok etgan edi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar bizning @Uzpharm_agency telegram-kanalida
“Uzpharmagency” telegram kanalida e’lon qilingan materiallardan nusxa ko‘chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanishda kanalimiz manba sifatida ko‘rsatilishi shart!

Manzilimiz: 100084 Toshkent shahri, Chingiz Aytmatov ko‘chasi, 1-A uy.
Telefon: (998 71) 203-81-81
Elektron manzil: farmagentlik@minzdrav.uz

Uzpharmagency rasmiy sahifalari:

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Twitter

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech