O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Taqdir sinovlari bilan nogironlar aravachasiga mixlangan Dinaraning sog‘ayishiga najot paydo bo‘ldi

Hozirda taqdir sinovlari bilan nogironlar aravachasiga mixlangan Dinaraning sog‘ayishiga najot paydo bo‘ldi. "Yoshlar daftari"ga kiritilgan,yolg‘iz o‘zi istiqomat qiluvchi Matyakubova Dinaraga shu yil fevral oyida Urganch shahar tibbiy ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi tomonidan nogironlar aravachasi sovg‘a qilingandi. Navro‘z bayramlarida, ramazon oyida 3-sektor rahbarlari, tadbirkorlar va oddiy savobtalab yurtdoshlarimiz tomonidan Dinaradan muntazam xabar olib turildi.

Matyakubova Dinaraga may oyida stasionar sharoitda bepul davolash uchun 2/37 sonli yo‘llanma berildi. Dinara kecha 19 may kuni ushbu yo‘llanma asosida Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining “nevropotologiya” bo‘limi 15 palatasiga davolanish uchun joylashtirildi.

Urganch shahar 3-sektor rahbariyati va Xorazm viloyati farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Jumaniyozov Osqarbek Sharipboyevich va viloyatda farmatsevtika sohasida faoliyat yuritayotgan qator tadbirkorlar bilan hamkorlikda Dinaraning birlamchi davolanishi uchun kerakli bo‘ladigan dori-darmonlar yetkazib berildi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech