O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

“Xotira muqaddas – inson qadri aziz” deya nom olgan madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi

Yilda birgina sana – 9-may Xotira va qadrlashga bag‘ishlangan bo‘lsada, bilamiz, o‘zbek halqi yilning qolgan kunlarida ham yoshi ulug‘larni, ota-ona bo‘lsin, ustoz bo‘lsin, aslo unutmaydi. Ularni izzat-ikrom qilish bizning qonimizda bor va bu bizning yurtimizga o‘zgacha fayz bag‘ishlab turadigan, O‘zbekistonga bir kelganlarni yana qayta kelishga orzulantiradigan milliy fazilatimizdir.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston farmatsevtikasi sohasida uzoq yillar mobaynida sidqidildan mehnat qilib kelgan fahriylar Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiga aziz mehmon sifatida taklif qilindi.

Tadbir avvalida bu dunyoni tark etgan tizim xodimlari, jonkuyar insonlar xotirasi muhrlangan videorolik namoyish etildi. So‘ngra fahriy mehmonlar bilan samimiy suhbatni tashkillashtirish uchun moderatorlik agentlik direktorining maslahatchisi, kasaba qo‘mitasi raisi Muhabbat Ibragimovaga topshirildi.

Fayhriy mehmonlar: ko‘p yillar poytaxtimizdagi dorixonlaardan birida mudirlik qilgan fahriy farmatsevt Fathulla Majidov, “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish” DUK Farmakopeya qo‘mitasi bosh mutaxassisi, farmatsevtika fanlari nomzodi Abdurahim Halimov, bir vaqtlar Toshkent shahar dorixona boshqarmasi boshlig‘i sifatida jonbozlik ko‘rsatgan Sunnat Imamov, O‘zbekiston Davlat farmakopeyasining bosh muharriri, ko‘plab shogirdlarning fahriy ustozi Habibulla Jalilov, DUK Farmakologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Saidislom Abdullayev, oldingi Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasida uzoq yillar davomida mehnat qilgan mutaxassis Toshpo‘lat Qodirov hamda Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutida mikrobiologiya laboratoriyasi mudiri sifatida faoliyat ko‘rsatgan zabardast olim Nikolay Sheremetyevning rafiqasi Nadejda Nefedovalar navbat bilan so‘zga chiqib, farmatsevt degan muqaddas kasbning maʼsuliyatidan so‘zladilar, o‘tmish xotiralari bilan o‘rtoqlashib, yoshlarni hozirgi tinch va totuv hayotning qadriga yetishga chaqirdilar.

Davra suhbatidan so‘ng mehmonlar bayram dasturxoniga taklif etildilar.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech