O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Xususiy dorixonaga nechta filial ochish mumkin?

Qonunchilikda dorixonaning filialini ochishda, ularning soniga cheklovlar mavjud emas.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 12 maydagi №284-son qarori bilan tasdiqlangan “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash tartibi to‘g‘risida"gi nizomga muvofiq:

Litsenziat tomonidan dorixona filiali ochilishida — yuridik shaxs shtatida kamida bir xodim — oliy farmatsevtik maʼlumotga yoki farmatsevt assistenti (yordamchisi) ixtisosligi bo‘yicha o‘rta maxsus kasbiy maʼlumotga ega bo‘lgan dorixona filiali mudirining mavjudligi — litsenziya talablaridan biri hisoblanadi.

Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish bilan shug‘ullanish uchun berilgan litsenziya doirasida dorixona filiali ochilgan taqdirda dorixona maydoni, filiali mavjud bo‘lgan dorixonalarga qo‘yiladigan sanitariya-epidemiologik meʼyorlarga mos bo‘lishi kerak.

Maʼlumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 avgustdagi "Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-6044 Farmoniga binoan, 2021 yil 1 yanvardan boshlab:

Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalashda ushbu faoliyat uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan ularning xuddi shunday faoliyat bilan shug‘ullanuvchi filiallari tashkil etilganda har bir filial manzilini asosiy litsenziyada ko‘rsatish amaliyotini joriy qilish orqali filiallarga alohida litsenziya rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi.

Manba

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech