O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

"Yashil makon" umummilliy loyihasi davom etmoqda

Respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Andijon viloyat farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘linmasi hamda “Andijon dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish” sho‘ba korxonasi vakillari tomonidan "Andijon Pharma Park" hududida 70 tup pavloniya daraxti ko‘chatlari ekildi.

– Mamlakatimizda so‘ngi 5-6 yillarda Pavlovniyaga qiziqish nihoyatda ortib bormoqda, –dedi Andijon viloyat farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘linmasi Ro‘zimatali Mansirov. – Pavlovniya Yer sharida mavjud daraxtlardan nafaqat eng tez o‘sishi bilan ajralib turadi, balki hayoliy go‘zallik kashf etib gullashi, qimmatli yog‘och, asal, biomassa manbai ekanligi bilan qadrlanadi, u manzarali daraxt sifatida istirohat bog‘lari, xiyobonlarni bezaydi.

Shuningdek, R. Mansirovning qayd etishicha, «Dolzarb 40 kunlik» aksiyasi doirasida soha xodimlari tomonidan daraxt ekish ishlari anʼanaviy davom ettirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ayni kunlarda "Andijon Pharma Park" ichki hududida uzumzor barpo qilish ishlari boshlab yuborilgan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish 
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech