O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Yer yuzidagi turli xalqlar qator maqsadlarda foydalanadigan vosita - vazelin - qachon va kim tomonidan ixtiro qilingan?

Ixtiro tarixi

Robert Chezbro ixtiro qilgan aralashmasini boshida “neft jelesi” deb atagan. Bu nom xaridorlarni o‘ziga jalb qilmagan. Shuning uchun ixtirochi ikkita so‘z birikmasini ishlatishga qaror qilgan: nemischa “wasser” – suv va yunoncha “elaion” - zaytun yog‘i.

1872 yil Chezbro mahsulotni ishlab chiqarishga patent oldi, 1878 yil 14 mayda “Vazelin”ni savdo markasi sifatida patentlashga muvaffaq bo‘ldi. “Vazelin” ixtirosi tarixi juda nodir voqeadir, tovar-savdo belgisi xalq o‘rtasida umumiy ishlatiladigan atamaga aylanib ketgan holatdir.

Vazelinni qanday yo‘l bilan va nimalar uchun ishlatish mumkin? Vazelin kosmetika va go‘zallik vositasi

Ingliz kimyogari Robert Chezbro 1859 yilda vazelinni ixtiro qilgan. Ixtirochi bu moddaning ajoyib xossalari - jarohat bitiruvchiligi, terini namlovchiligi va yumshatuvchiligini aniqlagan. Yangi tabiiy shifobaxsh vositani ixtirochi o‘zida sinab ko‘rgan, ixtiro moddasini terisidagi kuygan joylar va yorilgan qismlariga surtgan. Ijobiy natijalarga erishib, shifo topgan.

Vazelinning tabiiy turi va sunʼiy turi bo‘ladi.

Vazelinning tabiiy turi - parafin smolalari varaqlari tozalanib va maxsus moddalar yordamida oqartirilib olinadi. Tabiiy vazelin sunʼiysidan ko‘proq yopishqoq, tiniq shaffof, rangsiz, mazasiz va hidsizligi bilan ajralib turadi, mikroblarga qarshi kurashchanlik va o‘ziga suvni tortish xossalariga ega. Teriga surilganda qiyin yuviladi va yopishqoq iz qoldiradi.

Sunʼiy vazelin - bu tozalangan vazelin yoki parfyumer yog‘i qo‘shilgan serezin va parafinning quruq birikmasi aralashmasidir. Sunʼiy yog‘ochni qayta ishlash sanoatida (texnik vazelin) yoki kosmetika (pardoz vazelini) sanoatida ishlab chiqariladi. Bu vazelin juda ham yopishqoq bo‘lmasdan, tiniq bo‘lmagan oq yoki sariq rangda malham (maz)simon vositadir.Sunʼiy vazelin texnik, tibbiy va kosmetik xillarga bo‘linadi.

Undan foydalanish

Bugungi kunda vazelindan elektrotexnika sanoatida plastik yog‘lar ishlab chiqish, metallarni zanglashdan saqlash, meditsinada surgi dori va kosmetika sanoatida pardozlash kremlari tarkibiy qismlari sifatida ishlatiladi.

Uy sharoitida vazelindan qanday foydalanish mumkin?

Tovon terisini yumshatish uchun. Kishilarda shunday fikr borki, vazelin terini namlamaydi, faqat terida namlikni saqlash uchun himoya qobig‘i hosil qiladi. Qanday bo‘lganida ham aynan vazelindan qotib qolgan terini yumshatish uchun foydalanish mumkin. Vazelinni kechqurun uxlash oldidan tirsak, tovon va tizzadagi dag‘allashgan teriga surtsangiz, ertalab terining shu qismlari sezilarli yumshab qolganini ko‘rasiz.

Xushbo‘ylik uchun.

Vazelin atir, duxi kabi vositalar taʼsiri va xushbo‘y hidini uzoqroq muddat saqlanishiga yordam beradi. Atir va duxi kabi xushbo‘yliklarni sepishdan oldin terining shu qismlariga biroz vazelin surting. Gap shundaki, vazelin xushbo‘y hidni o‘ziga singdirib olib, kun davomida atrofga taratib turadi.

Qosh va soch uchun.

Qosh va sochlarni yaltiratib, to‘zimasdan, aniq shaklda kun davomida saqlanishiga yordam beruvchi mislsiz vositadir.

Yuz, badan terilari va lablar uchun.

Yuz, badan va lablar quruqlashib, dag‘allashganda kechqurun surtib yotsangiz, ertalab shu aʼzolar terisi namlanib, noxushliklarni ketkazadi.

Jarohatlarni davolash.

Jarohatlangan, kuygan, yorilgan aʼzolar terisi, burun kataklari, psoriaz va shunga o‘xshash boshqa kasalliklarda ozgina vazelindan yupqa qilib surtilsa, foyda beradi.

Bolalar uchun.

Yosh onalarga bolalarini parvarish qilish, tarbiyalashda vazelindan foydalanish bo‘yicha kichik sirli hiyla sifatida aytamiz: bolangizni cho‘miltirishda ko‘ziga shampun yoki sovunli suv kirishidan yig‘lasa, uning qoshlariga biroz vazelin surtib qo‘ysangiz, himoya qobig‘i shakllanib, uning ko‘zlari shampun yoki sovunli suv tushishidan saqlanadi.
Yuzda paydo bo‘ladigan chandiqning oldini olish.

O‘spirinlar yuzida husnbuzar paydo bo‘lishining oldini olmaydi, lekin husnbuzar toshib o‘tgach, yuz terisida paydo bo‘ladigan chandiqlarning paydo bo‘lishini oldini oladi. Husnbuzar ketib, terida yoriq paydo bo‘lishi bilan vazelinni terining shu joylariga surtish chandiq paydo bo‘lishi oldini oladi.Shu o‘rinda aytish lozimki, vazelindan foydalanishning kutilmagan salbiy taʼsirlari kuzatilmagan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech