O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Yerqalampir (xren) koronavirus bemorlari uchun faqat qo‘shimcha yordam berishi mumkin, u asosiy davolash vositasi emas – Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Feruza Hamroboyeva

Yerqalampir (xren) koronavirusni davolashda xalq tabobati vositasi bo‘lishi mumkin. Lekin bemorda klinik belgilar yaqqol ko‘rinayotgan va tana harorati ko‘tarilgan paytda  u faqat qo‘shimcha tarzda yordam berishi mumkin xolos.

Kecha, 18 iyul kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Feruza Hamroboyeva aholi tomonidan yuborilgan savollarga javob berdi. Jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusga chalinib, yerqalampir (xren) o‘simligidan davo topganlar haqida aytilgan holatlarga munosabat bildirildi.

«Xren o‘simligi ko‘plab vitaminlar: A, E va B guruhi, aminokislotalar hamda mikroelementlarga boy. Lekin uning tarkibida S vitamini – askorbin kislotasi yo‘q. Xren koronavirusni davolashda xalq tabobati vositasi bo‘lishi mumkin. Lekin bemorda klinik belgilar yaqqol ko‘rinayotgan va tana harorati ko‘tarilgan paytda samarali emas, faqat qo‘shimcha tarzda yordam berishi mumkin xolos», - dedi Feruza Hamroboyeva.

U Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tavsiya etilgan “Avigan” dorisi haqida ham maʼlumot berdi. “Avigan” tarkibidagi biologik faol modda favipiravir hisoblanadi. U bir qator virus guruhlarini bloklaydi. “Avigan”dan ebola virusini davolashda ham foydalanilgan. Ayni paytda AQSHda uning boshqacha varianti – “Remdesivir” preparatidan foydalanilmoqda va AQSH bu preparatni yetarlicha samarali deb hisoblamoqda.

To‘g‘ri, “Avigan” haqida yana bir tadqiqot u koronavirusning yengil va o‘rta darajalarini davolashda samarali ekanini, lekin og‘ir shaklida unchalik samarali emasligini ko‘rsatmoqda», - dedi Feruza Hamroboyeva brifingda.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech