O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Yurtimizda faoliyat yuritayotgan yana 3 ta korxonaga milliy GMP sertifikatlari taqdim qilindi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi Zarur amaliyotlar markazi tomonidan farmatsevtika tarmog‘ida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarda Zarur amaliyotlar (GxP) talablari yuzasidan o‘tkazilgan farmatsevtik inspeksiya natijalariga ko‘ra Zarur amaliyotlar sertifikati (GxP) ananaviy tarzda taqdim qilib kelinmoqda.

Joriy yilnning 13 may sanasida yurtimizda faoliyat yuritayotgan yana 3 nafar mahalliy ishlab chiqaruvchi korxona - “A.B.Biokom” MCHJ, “Samo” MCHJ va “Nova Pharm” MCHJ QK ga milliy (O'zDSt 2766:2018) GMP sertifikatlari taqdim qilindi.

Maʼlumot uchun, bugungi kunda aksariyat rivojlangan mamlakatlarda GMP sifat standarti dori vositalari, vitaminlar, minerallar va oziq-ovqat qo‘shimchalarini ishlab chiqarishda davlat nazoratining asosi sifatida qabul qilingan. Bunday mamlakatlarda milliy standartlar GMP ning asosiy tamoyillari asosida ishlab chiqilgan, shuningdek, ishlab chiqarilishi GMP standartiga to‘g‘ri kelmaydigan dori vositalarini olib kirish taqiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 yanvardagi PF-55-son Farmoniga asosan, farmatsevtika tarmog‘i va respublika sog‘liqni saqlash tizimidagi tashkilotlar 2024 yil 1 yanvargacha zarur amaliyotlar (GxP) talablariga muvofiq majburiy sertifikatlashtirilishi lozim.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech