O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Yurtimizda koronavirusga qarshi emlashda birinchi emlanganlar kimlar? Ommaviy emlash jarayonlari qanday kechmoqda?

Xabaringiz bor, joriy yilning 1 apreldan bir yildan ortiq vaqt mobaynida yurtdoshlarimizga xavf solib turgan koronavirus infeksiyasiga qarshi ommaviy emlash tadbirlariga start berilgan edi. Vaksinatsiyaning ilk kunidayoq Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlaridan jami 5 018 nafar fuqaro ixtiyoriy ravishda emlandi.

Ulardan Farg‘ona viloyatida Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Xusan Mamajonov hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati viloyat boshqarmasi boshlig‘i Ahmadjon Yaqubov, Samarqandda Bog‘bon mahallasida yashovchi 86 yoshli Tolib Murodov va Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i A.Bobojonov va bir qator tibbiyot xodimlari, Xorazm viloyatida Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Inoyat Hajiyev shuningdek, Namangan viloyatda Chorsu mahallasida yashovchi 87 yoshli Ahmadjon ota Ismoilovlar koronavirusga qarshi vaksina bilan birinchilar qatorida emlandi. 

Maʼlumot uchun, 12 aprel kuni mamlakatimiz hududlari bo‘ylab jami 67445 nafar kishi COVID-19 ga qarshi emlandi. Shu tariqa ayni kungacha mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 216 087 nafarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, hududlarga vaksinalarni tashish uchun COVAX dasturi doirasida 17 ta avtorefrijerator, 206 ta yuk tashuvchi miniven va 16 ta yengil avtotransport vositalari keltirilgan bo‘lib, emlash jarayonlari uchun 4 ming nafardan ortiq shifokor va 11 ming nafardan ortiq o‘rta tibbiyot xodimi jalb qilingan.

Taʼkidlash lozimki, birinchi navbatda 65 yoshdan kattalar va koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish xavfi yuqori bo‘lgan tibbiyot xodimlarini emlash ko‘zda tutilgan. 

Hozirda emlash jarayonlari davom etmoqda.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech