O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Dorixonalar va jamoatchilik diqqatiga: “TRIDOKS 15g" dori vositasining qalbakisidan ehtiyot bo‘ling!

"Oxford Laboratories Pvt.LTD." kompaniyasining Toshkent shahridagi vakolatxonasi tomonidan nazorat organiga dorixonalarda qalbakilashtirilgan “TRIDOKS 15g" dori vositasi realizatsiya qilinayotganligi to‘g‘risidagi maʼlumot kelib tushgan.

Ushbu holat dorixonalarda o‘tkazilgan tekshiruvda o‘z tasdig‘ini topganligi va dorixonalarga nisbatan belgilangan tartibda taʼsir chorasi qo‘llanilayotganligini dorixonalar va jamoatchilik eʼtiboriga yetkazib, ushbu dori vositasi muomalasiga chek qo‘yish maqsadida SIZNI OGOHLIKka chaqiramiz.

ESLATMA! Qalbakilashtirilgan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni saqlash va (yoki) realizatsiya qilish litsenziyaning amal qilishini tugatishga olib keladigan litsenziya talablari va shartlarini qo‘pol ravishda buzilishi hisoblanadi hamda ushbu qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yganlik uchun qonun hujjatlariga muvofiq jinoiy javobgarlik choralari belgilangan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech