O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Zarur amaliyotlar markazi yana 7 ta korxonaga “GMP” va “GDP” sertifikatlarini topshirdi

O‘zDSt 2766:2018 “Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti - GMP” standarti talablari bo‘yicha sertifikatlashtirilgan korxonalar soni Respublikamizda bugungi kunga kelib 26 tani tashkil etadi. GMP talablari bo‘yicha sertifikatlashtirilgan liniyalar soni esa 89 ta. O‘zDSt 2764:2018 “Zarur distribyutorlik amaliyoti - GDP” – standarti talablari bo‘yicha sertifikatlashtirilgan korxonalar jami - 21 tani tashkil etadi.

Joriy yilning 6 iyul sanasida “Dentafill Plyus” MCHJ va “Zuma-Pharma” MCHJga GMP sertifikati, “Oriyo Mehr” MCHJ, “Dori Darmon” AK, “Well Med Pharm” MCHJ, “Novotek” MCHJ va “Farg‘ona Dori-Darmon” MCHJlarga GDP sertifikati topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, dori vositalarini mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar 2022 yil 12 apreldan 31 dekabrga qadar o‘z korxonalarda birinchi marotaba “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti – GMR” davlat standarti talablarini joriy qilsa, mazkur talablarni joriy qilishda ketgan xarajatlar Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan qoplab beriladi.

Bunda mahalliy ishlab chiqarish korxonalari Zarur ishlab chiqarish amaliyotining (GMP) milliy talablariga muvofiqlik sertifikatini birinchi marotaba olish bilan bog‘liq (Eʼtibor bering! 2022 yil 12 apreldan boshlab rasmiylashtirilgan shartnomalar asosida) korxonalar tomonidan haqiqatda amalga oshirilgan (Zarur ishlab chiqarish amaliyotining (GMP) milliy talablariga muvofiq korxonalarni modernizatsiya qilish xarajatlari bundan mustasno) xarajatlari bo‘yicha Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiga murojaat qilishlari so‘raladi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech