O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

«Zarur amaliyotlar markazi» DUKdagi bo‘sh ish o‘rinlari uchun ishga qabul qilish ochiq tanlovi eʼlon qilindi

«Zarur amaliyotlar markazi» DUK O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 5177-sonli qaroriga va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi «Zarur amaliyotlar markazi» DUK direktorining 2022 yil 12 maydagi 14-sonli buyrug‘iga muvofiq «Zarur amaliyotlar markazi» DUKdagi bo‘sh ish o‘rinlari uchun ishga qabul qilish ochiq tanlovini eʼlon qiladi.

Vakant lavozimning malaka talablari quyidagilardan iborat:

☑️ Oliy yoki o‘rta-maxsus maʼlumotga (farmatsevtika, moliya, iqtisodiyot, tibbiyot, kimyo-biologiya va kimyo-texnologiya yo‘nalishida) ega bo‘lishi (soha yo‘nalishi bo‘yicha malakaga ega bo‘lgan nomzodga afzalliklar beriladi);
☑️ Davlat tilini, rus tilini, ingliz tilini mukammal bilish (IELTS, TOEFL kabi sertifikatlarga egalik ustunlik beradi);
☑️ Kompyuter savodxonligiga ega bo‘lishi, yaʼni MS Office bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘lishi.

Ariza va maʼlumotnomalarni «Zarur amaliyotlar markazi» DUKning uzpharm-gxp.uz veb saytiga faqat onlayn tarzda taqdim etishingiz so‘raladi.

Markaz manzili: Toshkent sh. Yunusobod tumani, Ch.Aytmatov ko‘chasi 1a uy.
Telefon: 71-234-59-87

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech