O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

«Zarur amaliyotlar markazi» DUKdagi bo‘sh ish o‘rinlari uchun ochiq tanlov eʼlon qilindi

2021 yilning 6 iyulida “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilingan edi.

Qarorga muvofiq, 2021 yil 1 sentyabrdan davlat organlari va tashkilotlari xodimlari onlayn ochiq tanlov asosida ishga qabul qilinishi belgilangan.

Mazkur qaror ijrosi yuzasidan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi «Zarur amaliyotlar markazi» DUK 2022 yil 28 yanvarda bo‘sh ish o‘rinlari uchun ishga qabul qilish ochiq tanlovini eʼlon qiladi.

Vakant lavozimlarning malaka talablari quyidagilardan iborat:

-  Maxalliy farmatsevtika korxonalari va tashkilotlarida Zarur amaliyotlar (GxP) standartlari talablariga muvofiqlik yuzasidan sertifikatlash bo‘yicha bilimga ega bo‘lish.
-  Farmatsevtik inspeksiyani rivojlantirish borasida mamlakatda olib borilayotgan islohotlar mohiyatini chuqur anglashi;
-  Farmatsevtik inspeksiyalarni rivojlantirish bo‘yicha hukumat qarorlari, normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish va ular bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lishi zarur.

Ariza va maʼlumotnomalarni «Zarur amaliyotlar markazi» DUKning uzpharm-gxp.uz veb saytiga faqat onlayn tarzda taqdim etishingiz so‘raladi.

Markaz manzili: Toshkent sh. Yunusobod tumani, Ch.Aytmatov ko‘chasi 1a uy.
Telefon: 71-234-59-87

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech