O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Zarur amaliyotlar markazi tomonidan GMP va GDP sertifikatlari topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi

Xabaringiz bor Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 avgustdagi “Farmatsevtika sanoatida Zarur amaliyotlar (GxP) talablarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 486-son qarori qabul qilingan.

Mazkur qarorga muvofiq, farmatsevtika mahsulotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish va farmatsevtika tarmog‘iga ilgor xorijiy amaliyot va xalqaro standartlarni tatbiq etish bo‘yicha ishlar muvofiqlashtirilishini taʼminlash maqsadida:

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi tarkibidagi Zarur amaliyotlar (GxR) milliy inspektorati bo‘limi ajratib chiqarilib, davlat unitar korxonasi shaklidagi Agentlikning Zarur amaliyotlar markazi  etib qayta tashkil etildi.

Bugun, yaʼni 29 oktyabr sanasida Zarur amaliyotlar markazi tomonidan yurtimizda foliyat yuritayotgan “Uzgermed Pharm” MCHJ,  “Radiopreparat” davlat korxonasi, "Serene Healthcare" MCHJ, "Malika laboratories" MCHJ farmatsevtik korxonalarga GMP shuningdek, “Izida” MCHJ korxonasiga GDP sertifikatlari topshirildi.

Maʼlumot uchun, Zarur amaliyotlar markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

➖ farmatsevtika tarmog‘ida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarda zarur amaliyotlar (GxP) xalqaro standartlarini joriy qilish ishlarini tashkil etish;
➖ zarur amaliyotlar (GxP R) talablariga muvofiqlik bo‘yicha sertifikatlash maqsadida farmatsevtik inspeksiyalar o‘tkazish;
➖ O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning mahalliy standartlari xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirilishini taʼminlash;
➖ dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani yaratish, ishlab chiqarish, muomalasini tartibga solish, sifatini nazorat qilish, texnik jihatdan tartibga solish jarayonlariga xalqaro “ISO” sifat menejmenti tizimini va Zarur amaliyotlar (GxP) qoidalarini joriy qilish sohasida xalqaro hamkorlikni muvofiqlashtirish.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish 
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech