O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Zulxumor Berdiyeva PhD falsafa fanlari doktori ilmiy darajasi diplomi himoyasini muvaffaqiyatli amalga oshirdi

Xabaringiz bor, joriy yilning 16 avgust sanasida Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti huzurida tibbiyot/biologiya fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash majlisida Berdiyeva Zulxumor Ilmurodovaning PhD falsafa fanlari doktori ilmiy darajasini olish bo‘yicha ximoyasi bo‘lib o‘tgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining 2022 yil 31 avgust kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishi qaroriga ko‘ra, Berdiyeva Zulxumor Ilmurodovaga PhD falsafa fanlari doktori ilmiy darajasi diplomi berildi.

Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti tarixida 41 yildan so‘ng ilk marotaba sodir bo‘lgan bunday ahamiyatli voqea munosabati bilan butun institut jamoasini, xususan Zulxumor Berdiyevani tabriklaymiz.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech