O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

2021 yilning 2-4 mart kunlari Moskvada YEOII, Markaziy Osiyo va Sharqiy sheriklik 12-farmatsevtika forumi bo‘lib o‘tadi

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va MDH davlatlari farmatsevtika forumi - bu Rossiya, Qozog‘iston, Belorusiya, Armaniston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Moldova, Tojikiston va Turkmaniston farmatsevtika bozorining 300 dan ortiq ishtirokchilarini bir yerga jam qiladigan o‘ziga xos tadbir. 11 yildan beri tashkil etilayotgan ushbu tadbir o‘zini sohaning asosiy ishtirokchilari: regulyatorlar, mahalliy va xalqaro farmatsevtika kompaniyalari hamda tadqiqotlar, dori vositalarini ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanadigan korxonalar va moliya tashkilotlari o‘rtasida samarali muloqot uchun yetakchi maydon sifatida namoyon qildi.

Forum doirasida bir qancha masalalar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan, jumladan:

➖ O‘zbekiston Respublikasi farmatsevtika tarmog‘ida islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar doirasida referent narx shakllantirish tizimi;

➖ Dori vositalari va tibbiy buyumlarni O‘zbekistonda milliy talablarga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazish va farmatsevtika kompaniyalari tomonidan ro‘yxatdan o‘tish uchun hujjatlarni tayyorlashda yo‘l qo‘yiladigan odatdagi xatolar tahlili;

➖ O‘zbekistonda muhim dori-darmonlarning ro‘yxatini shakllantirish;

➖ O‘zbekistonda dori vositalarining narxini tartibga solish O‘zbekistonda farmatsevtika tarmog‘ini isloh qilish;

➖ Mahalliy farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosati va mahalliy ishlab chiqruvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hukumat tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar;

➖ Dori vositalari davlat xaridlari tizimini shakllantirish;

➖ COVID-19 pandemiyasining farmatsevtika tarmog‘i va umuman tibbiyotga taʼsiri;

➖ COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq majburiy emlash va ushbu tadbirni respublikada amalga oshirish usullari.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech