O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ishchi guruhi Tojikistonning Dushanbe shahriga tashrif buyurdi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Egamov Tojikiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining “Dori vositalari va tibbiy buyumlari, tibbiy texnika bilan taʼminlash” boshqarmasi boshlig‘i Salim Abdulazizov bilan uchrashdi. Suhbat chog‘ida ikki tomon o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Dushanbeda bo‘lish chog‘ida Tojikiston farmatsevtika kompaniyalari vakillari bilan “B2B” formatida uchrashuvlar ham bo‘lib o‘tdi. Xususan, “FARMICO” MCHJ, “TAJFARM” MCHJ, “DAR-DAR” MCHJ, “Veja Farmatsevtikal” MCHJ kompaniyalari rahbarlari bilan Tojikiston va O‘zbekiston farmatsevtika sanoatining dolzarb masalalari hamda hamkorlik qilish uchun ikki davlat uchun o‘zaro manfaatli aloqa nuqtalari muhokama qilindi. 

Shu kunning o‘zida Ulug‘bek Egamov Tojikiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish davlat nazorati xizmati rahbari o‘rinbosari janob Yedibek Qadamov bilan ham uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida ikki mamlakat ishbilarmon doira vakillari uchun muhim bo‘lgan dori vositalarning ro‘yxatga olish tartibi, hamkorlik takliflari va tomonlar uchun aktual bo‘lgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel oyida o‘zaro hamkorlik masalalari yuzasidan Tojikiston Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Aziz Rahmonzoda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyev bilan uchrashish uchun Agentlikka tashrif buyurgan edi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech