O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Latviya Respublikasi delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida Latviya Respublikasi delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Agentlik direktori Abdulla Azizov qabul qilgan delegatsiya tarkibiga Latviya Respublikasi elchixonasi rahbari v.b. Yelena Punsile, Latviyaning O‘zbekistondagi tashqi iqtisodiy vakolatxonasi rahbari Georgiys Voyevoda va Boltiq bo‘yidagi yirik farmasevtik kompaniyalardan biri bo‘lgan OlainFarm kompaniyasi vakili Aleksandr Melnislar kirdi.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar referent narx shakllantirish, elektron resept hamda markirovka tizimi mavzularida fikr va tajribalar bilan bo‘lishdi.

Dori vositalari va kimyoviy-farmasevtik mahsulotlarni ishlab chiqish va ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi OlainFarm kompaniyasi mahalliy hamkor bilan ampula ko‘rinishidagi dori vositalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihasiga qiziqish bildirdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech