O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Davlat markazi vakillari Turkiyaning "Pharmactive Pharmaceuticals" kompaniyasiga tashrif buyurdi

“Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi” vakillari Turkiyaning nufuzli farmkompaniyalaridan biri bo‘lgan "Pharmactive Pharmaceuticals" kompaniyasiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida ishchi guruh kompaniyaning ilmiy tadqiqot markazidagi laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mazkur laboratoriyalarda ISO 9001 va ISO IES 17025 xalqaro standartlari qay tarzda joriy qilinganligi hamda mazkur standartlarning ishlash mexanizmlari o‘rganildi.

Tomonlar "PharmAR-GE” farmatsevtika ilmiy-tadqiqot markazi va Davlat markazi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik masalalari jumladan, Davlat markazining sinov markazlari va laboratoriyalari mutaxassislari uchun "Pharmactive Pharmaceuticals" kompaniyasi mutaxassislari tomonidan onlayn va oflayn shaklda malaka oshirish kurslarini tashkillashtirish kabi masalalar muhokama qildilar.

Maʼlumot uchun “PharmAR-GE” farmatsevtika ilmiy-tadqiqot markazi "Pharmactive Pharmacyeuticals" kompaniyasi hududida joylashgan bo‘lib, ushbu kompaniya qattiq, yarim qattiq va suyuq liniyalarda 330 million quti dori vositalari ishlab chiqarish quvvatiga ega zamonaviy farmatsevtika zavodi hisoblanadi.

Davlat markazi Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech