O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida “Kusum Uzbekistan” MCHJ rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida “Kusum Uzbekistan” MCHJ rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“Tashkent Pharma Park” ilmiy-ishlab chiqarish innovasion klasteri hamda “Kusum Uzbekistan” MCHJ o‘rtasida klaster hududida qiymati 10 million Aqsh dollar bo‘lgan farmasevtik zavod qurish borasida investision kelishuv imzolangan.

100 dan ortiq brendlar ostida ishlab chiqariluvchi mahsuloti ginekologiya, kardiologiya, endokrinologiya, nevrologiya, gastroenterologiya va boshqa ko‘plab sohalarda qo‘llanib kelayotgan “Kusum Uzbekistan” MCHJ Toshkent viloyati Zangiota tumanida qad rostlayotgan “Tashkent Pharm Park” klasterining sanoat zonasida dori vocitalarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan farmasevtika zavodini qurilish ishlarini boshlab yuborgan.

Ushbu loyiha doirasida nevrologik kasalliklarni davolash, turli xastaliklar bois yuzaga keluvchi og‘riq sindromi, yallig‘lanish jarayonlarini bartaraf etishga qaratilgan tabletka shaklidagi dori vositalarini, immun tizimi ishini yaxshilovchi, vitamin va mikroelementlar o‘rnini to‘ldiruvchi preparatlarni ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech