O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori A.Azizov O‘zbekistonning Singapur Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi A.Qayumov bilan uchrashdi.

Joriy yilning 22 fevral kuni Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori A.Azizov O‘zbekistonning Singapur Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi A.Qayumov bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog‘ida farmasevtika sohasida O‘zbekiston va Singapur hamkorligi doirasidagi loyihalar hamda kelgusidagi rejalar, xususan, ta’lim (Double degree program), investisiyalarni jalb qilish va shartnoma asosida ishlab chiqarish kabi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, Agentlik direktori biotexnologiya klasterini qurish bo‘yicha Singapur tajribasini o‘rganishga qiziqish bildirdi va elchi janoblaridan Singapurdagi “Big Pharma” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etishda amaliy yordam berishni so‘radi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech