O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

O‘zbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 6-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 6-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov ishtirok etdi.

Hukumatlararo komissiyaning yig‘ilishi doirasida Agentlik direktori “All Care group” va “Jamjoom Pharma” farm kompaniya vakillari bilan B2G formatida uchrashuv o‘tkazdi.

Jumladan, “Jamjoom Pharma” kompaniyasi vakillari bilan O‘zbekistonda dori vositalarini ro‘yxatga olish, umumiy dori vositalarini klinik tekshirish shartlari va “O‘zbekistonda dori vositalarini mahalliylashtirish” loyihasini joriy etishning keyingi bosqichlari muhokama qilindi.

Shuningdek, “All Care group” kompaniyasi vakillari bilan “O‘zbekiston Respublikasida mahalliy ishlab chiqarish salohiyati: investisiyalar va shartnomaviy ishlab chiqarish” mavzusi doirasida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda erkin iqtisodiy farmasevtika zonalari hududida faoliyat yurituvchi ishlab chiqaruvchilarning imtiyozlari va preferensiyalari va mahalliylashtirish sharti bilan farmasevtika mahsulotlarini kafolatlangan haridlarini amalga oshirish mexanizmlari va muddatlari kabi masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston bozori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilish va o‘rganish, onlayn uchrashuv o‘tkazish orqali hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishni davom ettirishga kelishib oldilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech