O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Agentlik ekspertlar guruhi Marokash qirolligining Rabat shahrida xizmat safarida bo‘ldi

Joriy yilning 30 oktyabr – 4 noyabr kunlari Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Egamov boshchiligidagi ekspertlar guruhi Marokash qirolligining Rabat shahrida xizmat safari bilan bo‘ldi.

Agentlik delegatsiyasi va xalqaro hamjamiyat tomonidan faoliyati namuna sifatida tan olingan Marokash farmakonazorat markazi ishchi guruhi o‘rtasida O‘zbekistonda Farmakologik nazorat markazi va tizimini tashkil etish bo‘yicha strategik tavsiyalarni ishlab chiqish yuzasidan “Face to face in Rabat” formatidagi muzokaralar o‘tkazildi.

AQSH xalqaro taraqqiyot agentligi taklifi asosida tashkil etilgan muzokaralar chog‘i «Tashkent Pharma Park» innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterida barpo etilayotgan Farmakonazorat Milliy markazi tuzilmasiga Marokash tajribasi asos etib olinishiga kelishib olindi.

Shuningdek, tashrif chog‘i JSSTning Dori vositalarining Xalqaro Monitoring Dasturi (dori vositalari bilan bog‘liq xavfsizlik muammolarini o‘z vaqtida aniqlashni taʼminlash maqsadida tuzilgan xalqaro tashkilot, UPSALA monitoring markazi, Shvetsiya) bilan tanishildi.

Mazkur muzokaralar O‘zbekistonda dori vositalaridan yuzaga keluvchi nojo‘ya taʼsirlarni vaqtida aniqlashga xizmat qiladigan Milliy farmakonazorat bazasi faoliyatini xalqaro standartlar asosida yo‘lga qo‘yish, ambulator sharoitda va ixtisoslashgan davolash-profilaktika muassasalarida dori vositalari qo‘llanilishi bilan bog‘liq yuzaga keluvchi nojo‘ya taʼsirlarga ko‘ra kelib tushadigan “signallarni” tezkor aniqlash, tahlil qilish va oldini olishga oid zamonaviy uslublarning klinik farmakonazorat tizimini joriy etishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech