O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Agentlik faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va va baholashdan o‘tkazishni tashkil qilish masalalari yuzasidan o‘quv-seminari o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 maydagi “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-240-son qarori asosida ishlab chiqilgan, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2022 yil 31 avgustdagi 2-son, Adliya vazirligining 2022 yil 31 avgustdagi 5-son qarorlari bilan tasdiqlanib, Adliya vazirligida 2022 yil 31 avgustda 3383-raqam bilan ro‘yxatga olingan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan ularning hududiy bo‘linmalari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash Uslubiyoti” hamda Agentlik rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi markaziy apparati va xududiy bo‘linmalar, idoraviy mansub tashkilotlarda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiy qo‘llanmasi”ga muvofiq, Agentlikning boshqarma, bo‘lim va xududiy bo‘linmalari, shuningdek, Agentlik idoraviy mansub tashkilotlari boshqarma va bo‘limlari faoliyati bo‘yicha barcha korrupsiyaviy xavf-xatarlarni majburiy aniqlash va baholashdan o‘tkazishni tashkil qilish masalalari yuzasidan o‘quv-seminari o‘tkazildi.

O‘quv-seminarda mazkur uslubiy qo‘llanmalarning tegishli ilovalarida belgilangan shakllarda Agentlikning boshqarma, bo‘lim va xududiy bo‘linmalari, shuningdek, Agentlik idoraviy mansub tashkilotlari Korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritalari, Korrupsiyaviy xavf-xatarlarga eng ko‘p moyil bo‘lgan lavozimlar ro‘yxati, shuningdek, Agentlik boshqarma, bo‘lim va xududiy bo‘linmalari, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dasturlarini korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘zda tutilgan holda ishlab chiqish yuzasidan batafsil tushuntirish berildi.

Xususan, ushbu ichki idoraviy xujjatlarni shakllantirishda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 dekabrdagi 993-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi to‘g‘risida nizom”ida Agentlik uchun belgilangan vazifa va funksiyalardan kelib chiquvchi Agentlikning boshqarma, bo‘lim va xududiy bo‘linmalari, shuningdek, Agentlik idoraviy mansub tashkilotlari ichki tuzilmalarida olib boriladigan barcha jarayonlar keng qamrab olinishi lozimligi taʼkidlandi.

Shuningdek, ishlab chiqilgan korrupsiyaviy xavf-xatar xaritalari, korrupsiyaviy xavf-xatarlarga eng ko‘p moyil bo‘lgan lavozimlar ro‘yxati va shular asosida ishlab chiqilgan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dasturlar ijrosini taʼminlash hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash bo‘yicha yig‘ilgan taklif, maʼlumotlar hamda amalga oshirilgan ishlar va ko‘rilgan chora-tadbirlar yuzasidan hisobotlarni belgilangan muddatlarda Agentlik rahbariyatiga hamda Respublika Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “E-Anticor.uz” elektron platformasiga kiritib borilishi tartibi to‘g‘risida batafsil tushuncha berildi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech