O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Andijon viloyatidagi farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarga press-tur tashkil etildi.

Bugungi kunda Respublikamizning Farmatsevtika tarmog'ini barqaror rivojlantirishda hamda farmatsevtika faoliyatini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaxshilash, aholi va sog'liqni saqlash muassasalarini arzon, sifatli dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot texnikalari bilan ta'minlanganlik darajasini yanada oshirish, bozor konyunkturasini o'rganishni tashkil qilish, ichki va tashqi bozorlarda yuqori sifatli, raqobatbardosh dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot texnikalarining yangi turlarini ishlab chiqarishni o'zlashtirishga hamda ularni eksport salohiyatini yanada oshirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-fevraldagi PF-27-son farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-maydagi "Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori bo'lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-maydagi 195-sonli qarori  ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 11-12-iyul kunlari Andijon viloyatida "Avtomobilsozlik, elektrotexnika, to'qimachilik, charm-poyabzal, mebelsozlik, farmatsevtika, kimyo sanoati, qurilish materiallari hamda oziq-ovqatni ishlab chiqarish" sohalariga ixtisoslashgan hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o'tkazildi.
Yarmarkada Andijon viloyatidagi dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchi “Makro Farm Andijon” MCHJ, (Tibbiy buyum va Texnikalar (Shpris, Sistema va Tonometr ishlab chiqaradi)  “Zamin Bio Health” MCHJ (dori vositalari ishlab chiqaradi), "GRAND PHARM TEX" MCHJ (Tibbiy buyumlar (bint va dokalar), "MALIKA LABORATORIES" MCHJ (dori vositalari ishlab chiqaradi),, "MAKON MIRZO" XK (Tibbiy buyumlar (Ortopedik va Travma) "EPOCH FARMA" MCHJ (dori vositalari ishlab chiqaradi), va boshqa bir qator ishlab chiqarish korxonalari ishtirok etdi.
Yarmarka doirasida Andijon viloyatidagi farmatsevtika korxonalari tomonidan yangi texnologiyalar asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni keng jamoatchilikka tanishtirish, faoliyati haqida soha tadbirkorlariga batafsil ma'lumot berish maqsadida Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligining axborot xizmati tomonidan sanoat yarmarkasida ishtirok etayotgan “Makro Farm Andijon” MCHJ, (Tibbiy buyum va Texnikalar (Shpris, Sistema va Tonometr ishlab chiqaradi)  “Zamin Bio Health” MCHJ (dori vositalari ishlab chiqaradi) ishlab chiqarish korxonalariga jurnalistlar uchun press-tur tashkil etildi.
          Shuningdek, “Andijon Fharma Park” ilmiy va sinov laboratoriyasi faoliyati bilan ham tanishildi.

Ma'lumot uchun: Bugungi kunda viloyatda 37 ta farmatsevtika yo'nalishidagi korxonalar faoliyat ko'rsatmoqda (ming dan ziyod ishchilar bor). Farmatsevtika korxonalari tomonidan  2022-yil davomida 215 turdagi (shundan 160 tasi dori, 18 tasi tibbiy buyum, 12 tasi tibbiy texnika, 25 tasi biologik faol qo'shimchalar) 272 mlrd so'mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, 520 ming dollarlik mahsulotlar eksport qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili»da amalga oshirishga oid
Davlat dasturining Farmatsevtika erkin iqtisodiy zonalari faoliyatini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi asosida Andijon viloyatida 109,4 mln dollarlik 21  ta investitsiya loyihalarini (Davlat investitsiya dasturi doirasida 61.0 mln dollarlik 13 ta loyiha; Hududiy investitsiya dasturi doirasida 50,0 mln dollarlik 8 ta loyiha) amalga oshirish rejalashtirilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech