O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

AQSH xalqaro taraqqiyot agentligi vakilari Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida tashrif bilan bo‘ldi

USAID va agentlik o‘rtasida 2019 yilda PQM Plus – “Dori vositalari sifatini oshirish” dasturini amalga oshirishda hamkorlik qilish borasida anglashuv memorandumi imzolangan edi. Mazkur memorandumda ko‘zlangan natijalarga erishish uchun qator sohalarda hamkorlikda ish olib borishga kelishilgan bo‘lib, mazkur hamkorlik doirasida USAID vakillari agentlikning qator boshqarmalari xodimlari bilan uchrashdi.

Xususan, 19 sentyabr kuni “Zarur amaliyotlar markazi” DUK vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvda standart operatsion jarayonlar masalasi, sifatni boshqarish tizimini to‘liq ishlab chiqish, joriy etish tamoyillari, texnik xizmat ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.

20 sentyabr kuni Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi xodimlari, shuningdek GMP inspektorlari bilan mavjud tizimdagi vaziyat, ariza topshirish va litsenziyalash jarayonlari, sifatda nuqsonlar aniqlanishi va litsenziya qaytarib olinishi masalalarida suhbat o‘tkazilib, inspektorlar tomonidan  o‘tkazilgan so‘nggi inspeksiyalar natijalari tahlil qilindi.

21 sentyabr kuni murabbiy Jiri Xoli tomonidan attestatsiya va validatsiya masalalariaga bag‘ishlangan o‘quv kursi o‘tkazildi.

Uchrashuvlarning so‘nggi kunida, yaʼni 22 sentyabr sanasida Farmatsevtik inspeksiya vakillari bilan Farminspeksiyalar hamkorligi tizimi PIC/S indikatorlari (bu boradagi qonunchilik, inspeksiya jarayonlari, inspektorlar, ularni o‘qitish, laboratoriyalarga kira olish, sifat nuqsonlari) muhokama qilindi.

Shu kunning o‘zida agentlik rahbariyati ham USAID vakillari bilan uchrashib yechimini topishi kerak bo‘lgan masalalar va hamkorlik istiqbollari borasida muzokaralar olib bordi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech