O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Birlashgan Arab Amirliklarining “CS Diagnostics GmbH” kompaniyasi vakillari Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida

Joriy yilning 29 noyabr kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyev Birlashgan Arab Amirliklarining “CS Diagnostics GmbH” kompaniyasi asoschisi Tomas Farxyofer bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Respublikasining BAAdagi elchisi Abdulaziz Akkulov hamda “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK Xalqaro bo‘limi bosh mutaxassisi O.Turdiboyevlar ham qatnashgan uchrashuv avvalida Sardor Kariyev O‘zbekistoning jadal rivojlanayotgan farmatsevtika sanoati va mazkur sohaning sarmoyaviy jozibadorligi haqida maʼlumot berdi.

So‘ngra yurtimizda mahalliy farmatsevtika korxonalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish istiqbollari hamda farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va yuqori sifatli, ilg‘or texnika bilan jihozlangan onkologik diagnostika markazini qurish loyihalari muhokama qilindi.

Maʼlumot uchun: Farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji sotuvchisi va tibbiy texnologiyalar ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan “CS Diagnostics GmbH” kompaniyasi butun dunyo bo‘ylab farmahsulotlar savdosi, ularni saqlash va tashish uchun barcha zarur litsenziyalar va sertifikatlarga ega.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech