O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Bojxona rasmiylashtiruvida koronavirusga qarshi dori vositalarini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalari o‘zbek tilida bo‘lishi kerakmi?

Hurmatli tadbirkorlar!

Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus pandemiyasi davrida dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar muomalasini tartibga solishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga binoan, O‘zbekiston Respublikasida  2020 yil 1 oktyabrga qadar bo‘lgan muddatda ro‘yxatdan o‘tkazmasdan, majburiy sertifikatsiyalashtirish sharti bilan import qilinadigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan 46 turdagi dori vositalari va biologik faol moddalar ro‘yxati tasdiqlangan.

Qarorga ko‘ra:

Yurtimizga olib kirilayotgan, ro‘yxatdagi dori vositalarini ayrim kimyoviy tahlillarni o‘tkazgan holda sertifikatlashtirish uchun dori vositasining qadog‘ida halqaro patentlanmagan nomini o‘zbek yoki rus yoxud ingliz tilida ko‘rsatilishini taʼminlagan holda ishlab chiqaruvchi korxonaning sinov bayonnomasini va sinov usullari ko‘rsatilgan hujjatni taqdim etishlari shart ekanligi belgilangan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi shuni maʼlum qiladiki, koronavirusga chalingan bemorlar uchun mo‘ljallangan dori vositasining bojxona rasmiylashtiruvi import qilish bilan shug‘ullanuvchi tashkilot murojaatiga asosan olib kirilgan dori preparatlarini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalarini davlat tilidagi matni loyihasi Dori vositalar, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazining Farmakologiya qo‘mitasi tomonidan bir kun muddatda maʼqullab beriladi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech