O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Diuretik dori vositalar deganda qanday dori vositalari tushuniladi?

Jahonda diuretik dori vositalari asosan yurak-qon tomir kasalliklarida qo‘llaniladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining taʼkidlashi bo‘yicha katta yoshdagi (60-65 yosh) dunyo aholisining 50-65% da arterial gipertoniya kuzatiladi. Bu guruh dori vositalariga ham yildan yilga talab oshib bormoqda.

Diuretik dori vositalarini quyidagi guruhlar bo‘yicha tasniflanadi: Benzotiazidlar (gipotiazid, xlortiazid) dori vositalari kiradi. Gidrotiazidlar (gidroxlortiazid) dori vositalari kiradi. Eplerenone, xlortulidon (espero, epnon, yeplirin, diakarb). Mannitol hexanitrate (mannitol, mannit) Xlorbenzamid (indapamid, indap, klopamid) genli qovuzlog‘iga taʼsir qiluvchi(petlevoy)lar (furosemid, torsid, torsimed).

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25-26 fevral kunlari Innovatsion rivojlanish vazirligida bo‘lib o‘tgan Ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish forumida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tarkibidagi O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot institutining “Ekustim” diuretik dori vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi moliyalashtirish sertifikatiga ega bo‘lgan edi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech