O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmagentlik va Davlat markazida sifat menejmenti tizimining xalqaro standarti (ISO 9001) joriy etiladi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUK faoliyatlariga sifat menejmenti tizimining xalqaro standarti (ISO 9001) joriy etiladi.

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturida vazirlik va idoralar faoliyatiga sifat menejmenti tizimining xalqaro standartini (ISO: 9001) joriy qilish vazifasi belgilangan.

Topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va uning huzuridagi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUKda sifat menejmenti tizimining xalqaro standartini (ISO 9001) joriy etishning 1-bosqichi doirasida joriy yilning 13 iyun - 18 iyul kunlari O‘zbekistan Respublikasiga “Dori vositalari sifatini rag‘batlantirish plyus” dasturi (“PQM+) doirasida jalb etilgan konsultantlari tomonidan baholash auditi o‘tkazildi.

Audit bo‘yicha Agentlikka yuklatilgan vazifalar, ularning ijro etilishi, tarkibiy bo‘linmalarning faoliyati, kadrlarning malakasini oshirish, moddiy-texnik baza holatlari birma-bir tanqidiy o‘rganildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra sifat menejmenti tizimining xalqaro standartini (ISO: 9001) joriy qilish bo‘yicha biriktirilgan mutaxassislarning taqdimoti Agentlik rahbariyati va xodimlari ishtirokida muhokama qilindi.

Yig‘ilishda loyihani to‘liq ishga tushirishga masʼullar va ularning vazifalari belgilab olindi.

Agentlik va uning quyi tashkiloti  «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUKda sifat menejmenti tizimining xalqaro standartini (ISO: 9001) joriy qilish 2022 yil dekabr oylariga rejalashtirilgan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech