O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanuvchi hurmatli tadbirkorlar!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 yanvardagi “Dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish hamda olib kirishni yana-da tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3489-sonli qarori 5-bandida Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini to‘liq va to‘liq bo‘lmagan texnologik sikl bo‘yicha, shuningdek mahalliy mahsulotlar orasida muqobili bo‘lmagan “in bulk” mahsulot asosida dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarga davlat xaridlarida ishtirok etishda xorijiy ishlab chiqaruvchilarning xuddi shunday mahsuloti qiymatidan 20 foiz miqdorida narx preferensiyalari taqdim etish belgilangangan.

Shu bilan birga Davlat xaridlari savdo dasturi elektron platformasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish jarayonida kerak bo‘ladigan maʼlumotlar taqdim etish zarurati tug‘ilganida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi o‘z vakolat doirasida tegishli maʼlumotlarni taqdim etishga tayyorligini hamda savdo dasturini joriy etish jarayonida ishtirok etish uchun masʼul xodimlar biriktirilganligini bildiradi.

Murojaat uchun: (71) 203-81-81 ichki raqam 230-231

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech