O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Germaniya Oʼzbekistonga tibbiyotni rivojlantirish uchun 120 mln yevrodan koʼproq mablagʼ ajratadi.

Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer Oʼzbekistonga 2 kunlik tashrifi davomida Oʼzbekiston hukumatini islohotlar yoʼlini davom ettirishga chaqirdi. Bu haqda DW nemis nashri xabar berdi. 

Shtaynmayer Oʼzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev bilan muzokaralardan keyin Oʼzbekistonning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi yutuqlari ortidan “katta hurmat bilan” kuzatishini taʼkidlab oʼtgan. “Markaziy Osiyo respublikasi rahbariyati islohotlar yoʼlini qatʼiy davom ettirishi kerak”, deb qoʼshimcha qilgan Germaniya prezidenti. 
Shavkat Mirziyoev, oʼz navbatida, “Islohotlar har doim ham soʼzsiz qoʼllab-quvvatlanmasligini, biroq orqaga yoʼl yoʼqligini” taʼkidlab oʼtgan. 

Shu kuniyoq ikki davlat vakillari hamkorlikni kengaytirish haqidagi kelishuvni imzolashgan. Germaniyaning iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish masalalari vazirligi keyingi 2 yil ichida bu maqsadlarda 123,8 mln yevro ajratishga vaʼda bergan.
Nashr maʼlumotlariga koʼra, oʼzaro hamkorlik Oʼzbekistonda sogʼliqni saqlash tizimini yaxshilash va barqaror iqtisodiy rivojlanishni qamrab oladi. Berlin ajratadigan mablagʼlar, jumladan, Oʼzbekiston viloyatlaridagi shifoxonalarni modernizatsiyalash, tibbiy personal uchun taʼlim dasturlari, silga qarshi kurash hamda qishloq xoʼjaligini mustahkamlash uchun yoʼnaltiriladi.

Manba: Kun.uz
Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish Аgentligi matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech