O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Innoprom: Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro ko‘rgazmaning so‘ngi kuni

Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Innoprom” xalqaro ko‘rgazmasining uchinchi kunida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi vakillari Sverdlovsk regioni Eksportni qo‘llab-quvvatlash markazi rahbari o‘rinbosari Trofimova Sofya Andreyevna bilan O‘zbekiston va Sverdlovsk regioni o‘rtasidagi aloqalarni yaxshilash, O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan farmatsevtika mahsulotlarini regionga eksport kilishni yo‘lga qo‘yish buyicha muzokaralar olib bordi va mavjud ehtiyojlarni va imkoniyatlarni o‘rganish bo‘yicha birga ishlash yuzasidan kelishib olishdi.

Shuningdek, ko‘rgazmada ishtirok etayotgan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi vakillarining xabar berishicha, Rossiyaning Kurgan viloyati gubernatori o‘rinbosari bilan ikki tomon tadbirkorlari o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘zaro kelishib olindi. Ushbu muzokaralar doirasida gubernator o‘rinbosari masalani chuqurroq o‘rganish hamda shartnomalar va kelishuvlarni imzolash maqsadida Kurgan regionida joriy yilning avgust oyida bo‘lib o‘tadigan ko‘rgazmada ishtirok etishga taklif qildi. 

Dunyoning 22 mamlakatidan tashrif buyurgan nufuzli ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ishtirok etayotgan mazkur xalqaro ko‘rgazma bugun o‘z ishini yakunlaydi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5-7 aprel kunlari Toshkent shahrida ilk marotaba “INNOPROM: O‘zbekistonda katta sanoat haftaligi” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tgan edi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech