O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Jabuniy Koreyaning “Eutilex” Co. Ltd. kompaniyasi vakillari Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida

2022 yilning 27 sentyabr kuni agentlik direktorining o‘rinbosari Jamshid Eshmuradov Jabuniy Koreya davlat arbobi, Nobel mukofoti nomzodi, “Eutilex” Co. Ltd. kompaniyasi rahbari Choy Su Yong boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda dastlab direktor o‘rinbosari O‘zbekiston farmatsevtika sanoatinining bugungi kundagi yutuqlari va rivojlanish istiqbollari bilan mehmonlarni tanishtirdi. Saraton kasalligiga qarshi kurashishda immun nazorati faollashtiruvchisi bo‘lgan antitana terapiyasi va immun hujayra teparpiyasi, yaʼni T hujayra terapiyasi bilan shug‘ullanuvchi mazkur kompaniya vakillari yurtimizga tashrifdan ko‘zlagan maqsadlari haqida so‘zlar ekan, O‘zbekistonda saratonga qarshi zamonaviy immunoterapiya preparatlarini ishlab chiqarish sektorini tashkil etish va maxsus gen bankini ochish rejalashtirilganini maʼlum qilishdi.

Ularning bu taklifiga javoban Jamshid Eshmuradov onkologik kasalliklarga qarshi kurashishda hujayralar bilan ishlash bugungi kunda ustivor konsepsiyalardan ekanini taʼkidlab, yurtimizda mazkur konsepsiyani “Eutilex” Co. Ltd. kompaniyasi bosh direktori professor Kvon Byong Se bilan birgalikda ishlab chiqish masalasini o‘rtaga tashladi.

Muzokaralar yakuniga ko‘ra tomonlar belgilangan masalalarda hamkorlik qilishga kelishib olishdi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech