O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Koreya Respublikasining Chun-Ang universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 16 avgust kuni Koreya Respublikasi Chun-Ang universitetining Iqtisodiy tadqiqotlar instituti vakillari Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiga tashrif buyurishdi.

Uchrashuv chog‘ida Agentlik direktorining o‘rinbosari Jamshid Eshmuratov mehmonlarga tashrif uchun minnatdorchilik bildirib, koreyalik mutaxassislar bilan farmatsevtika sohasidagi o‘zaro hamkorlik istiqbollari haqida gapirdi. Tadbir doirasida xorijiy universitet bilan yangi taʼlim loyihalarini yaratish, O‘zbekistonda jenshen yetishtirish imkoniyatlarini o‘rganish, xorijiy tadqiqot usullari va klinik sinovlarini tahlil qilish va amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.

Mehmonlar, yangi tashkil etilayotgan “Tashkent Pharma Park” farmatsevtika klasteri va uning hududida joylashgan yangi Farmatsevtika texnika universitetiga qiziqish bildirishdi.

O‘z o‘rnida direktor o‘rinbosari xorij mutaxassislarini ushbu klaster maydoni, unda yaratilayotgan eko hudud, yangi universitet faoliyati va unga aloqador bo‘lgan tadbirlar, taʼlim tizimi va kadrlar salohiyati bilan tanishtirdi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanayam kengaytirish va bu borada axborot almashish xususida kelishib oldilar.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech