O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

“Nobel Pharmsanoat” kompaniyasi favipiravir faol moddasi asosida “Kovipir” dori vositasini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan “Nobel Pharmsanoat” kompaniyasi “Kovipir” nomi ostida favipiravir faol moddasi asosida dori vositasini ishlab chiqarish uchun davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonini boshladi.  

“Nobel Pharmsanoat” - Turkiyaning eng mashhur 100 shirkati ro‘yxatidan o‘rin oluvchi “Ulkar Holding - Nobel İlaç” kompaniyasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalari asosida tashkil qilingan bo‘lib, O‘zbekistonda 2002 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Korxona 73 tur, 150 shakldagi zamonaviy dori-darmon mahsulotlarini xalqaro GMP standartlariga mos mahalliy sharoitlarda ishlab chiqarish, mamlakat bozoriga taqdim etish bilan birga, xorijiy davlatlarga eksport qilish bilan ham shug‘ullanadi. Bugungi kunda mazkur korxonada 395 nafar mutaxassis mehnat qilmoqda.

Kompaniya sifat bo‘yicha direktori Shamshod Sharipov so'zlariga ko‘ra, ushbu dori vositasining patenti Yaponiyaning “Toyama Chemical” kompaniyasiga tegishli hisoblanadi. RNK saqlovchi virus (gripp, rinovirus, nafas olish tizimi viruslari va boshqa)larga qarshi keng taʼsir doirasiga ega ushbu dori vositasini koronavirusga qarshi ijobiy tasiri isbotlangan bo‘lib, 2020-yil fevral oyidan boshlab Yaponiyada koronavirusga chalingan bemorlarni davolashda qo‘llana boshlangan. Shu oyning o‘zidayoq Xitoyning “Zhejiang Hisun Pharmaceutical” kompaniyasi uni “Favilavir” savdo nomi ostida ishlab chiqarishni boshladi. Rossiyada esa may oyidan eʼtiboran “Avifavir” nomida “XimRar” va Rossiyaning investitsiya fondi hamkorligida ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi.

 “Nobel Pharmsanoat” koronavirusga qarshi ushbu “Kovipir” dori vositasini eng avvalo O‘zbekiston ehtiyojlari uchun ishlab chiqaradi va xorijga eksportini ham amalga oshiradi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech