O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Majburiy raqamli markirovkalash mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 12 dekabr kuni “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUKda yurtimizda dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Egamov boshchiligida o‘tgan muloqotdan ko‘zlangan maqsad ushbu tizimni belgilangan muddatlarda va sifatli joriy qilish uchun sohada faoliyat olib boruvchi tadbirkorlik subyektlarida dori vositalarini raqamli markirovkalash jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar va takliflarni o‘rganishdan iborat bo‘ldi.

Ochiq muloqotda agentlik ekspertlari bilan bir qatorda Moliya vazirligi, Davlat soliq va Davlat bojxona qo‘mitasi, «Asl belgisi» mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimi operatori «CRPT TURON» MCHJ maʼsul xodimlari ishtirok etdi. Shuningdek Respublikamizning turli hududlarida faoliyat yuritadigan soha tadbirkorlik subyektlari vakillaridan 23 nafari bevosita va 30dan ortig‘i onlayn tarzda qatnashdi.

Taʼkidlash lozimki, bugungi kunda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi 61 ta mahalliy korxonalardan 50 tasi markirovkalash tizimini joriy qilish uchun talab qilinadigan uskuna va dasturiy mahsulotlarni sotib olish yuzasidan shartnomalar imzolangan bo‘lsa, shundan 40 tasi o‘z mahsulotlarini raqamli markirovkalangan holda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. 10 ta korxonaga uskuna va dasturiy mahsulotlar yetkazib berish jarayonida. Qolgan 9 ta mahalliy korxonada esa bu borada muzokaralar olib borilmoqda.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech