O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

O‘zbekiston - Turkiya: Farmatsevtika sohasida hamkorlik munosabatlari

O‘zbekiston - Turkiya: Farmasevtika sohasida hamkorlik munosabatlari

Joriy yil 14-15 mart kunlari Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori A.Azizov boshchiligidagi ekspertlari delegatsiyasi Turkiyada bo‘lib qaytdi.

14 mart kuni Agentlik delegatsiyasi Istanbul shahridagi TOBB binosida "Abdi Ibrahim", "TERRA", "EastFarma", "TISD", "Atabay", "Kocak Farma", "Ali Raif" kabi yirik kompaniyalar vakillari bilan uchrashdi. Tadbir davomida ishtirokchilar yurtimiz farmasevtika sanoati bilan yaqindan tanishib, farmasevtika sohasini tartibga solish mexanizmlari, hususan, farmasevtika bozori, referent narxlar hamda investorlar uchun yaratilgan imtiyoz va afzalliklar borasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Uchrashuv yakuniga ko‘ra, muloqotni onlayn tarzda davom ettirishga kelishib olindi.

Shu kuni Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi delegatsiyasi vakillari Turkiyaning “IEIS-Farmasevtika sanoati ishlab chiqaruvchilari uyushmasi” bilan ham uchrashib, Turkiya farmasevtika sanoatining bugungi holati bilan tanishishdi hamda farmasevtika sanoati nazorat organlarining xalqaro standartini joriy etish tajribasini o‘rganishdi. Uchrashuv yakunida tomonlar bu masalada o‘zaro hamkorlikka kelishib olishdi.

Mart oyining samarali o‘tgan 14-sanasidagi tadbirlar Istanbuldagi "Abdi Ibrahim" korxonasining ishlab
chiqarish maydonini borib ko‘rish bilan yakunlandi. Agentlik vakillari bu yerda ishlab chiqarishning to‘liq sikli bilan tanishdilar hamda avtomatlashtirish tizimlari va ishlab chiqarish mexanizmlari haqida to‘liq ma’lumot oldilar. Tomonlar hamkorlik istiqbollarini muhokama qilar ekan, "Abdi Ibrahim" kompaniyasi bozorni batafsil o‘rganishdan manfaatdor ekanligini ta’kidlab, yaqin orada O‘zbekistonga tashrif buyurish niyatida ekanini ham ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun: Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori A.Azizov 2023 yilning dekabr oyida Туркия давлатида бўлиб , “Abdi Ibrohim” kompaniyasi vakillari bilan muzokara olib borgan. 2024 yil 11 yanvar kuni Abdulla Azizov taklifiga binoan Turkiyaning yirik farmasevtika kompaniyasi “Abdi Ibrahim”ning xalqaro bozorlar bo‘yicha visa prezidenti Ko‘ksal Ulgen Ўзбекистонга келган эди.  Shuningdek, “Abdi İbrahim” kompaniyasi bosh direktori Tashkent Pharma Park klasteriga qiziqish bildirdi va кластерни бориб кўрди. 
Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori A.Azizov Turkiya Respublikasida bo‘ldi. Uchrashuvlarning ikkinchi kunida "Universal Certification" kompaniyasining bosh ijrochi direktori Usmon Chamchi bilan uchrashdi. "Universal Certification " turk kompaniyasi sertifikatlashtirish faoliyati doirasida konsalting xizmatlarini taqdim etadi. Uchrashuv davomida mazkur kompaniya O‘zbekiston Respublikasida ISO:13485 xalqaro standartlari bo‘yicha sertifikatlashtirish organini yaratish to‘g‘risida muloqotlar o‘tkazildi. Tomonlar ishchi guruh tuzish va ushbu organni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikda chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishga kelishib oldilar.

Shuningdek, Agentlik direktori “ARIS” va “Bilim Ilaç” ishlab chiqarish korxonalarida ham bo‘ldi. U yerda korxona vakillari ishlab chiqarishning to‘liq sikli bilan tanishtirib, unda avtomatlashtirish tizimlari va ishlab chiqarish mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berdilar. “ARIS” va “Bilim Ilaç” kompaniyalari O‘zbekiston bozori tadqiqotlariga qiziqish bildirib, kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech