O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Poytaxtimizning Mirzo-Ulug‘bek tumanida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi

Toshkent shahar prokuraturasining tashabbusi bilan Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi, Toshkent shahar farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘linmasi hamda shahar bandlik bosh boshqarmalari hamkorligida cog‘liqni saqlash tizimida kadrlar taʼminotidagi muammolarni bartaraf etish maqsadida, davolash-profilaktika muassasalari hamda tuman va shahar tibbiyot birlashmalari shuningdek, dorixonalarda yetishmayotgan umumiy amaliyot shifokorlari, asosiy tor soha mutaxassisliklari va farmatsevtlar uchun joriy yilning 24 sentyabr sanasida Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 70-sonli oilaviy poliklinika hududida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi.

Mazkur yarmarkada Toshkent shahridagi tuman tibbiyot birlashmalari shuningdek, "GRAND PHARM TRADE" MCHJ dorixonalar tarmog‘i hamda “VAKSINA HEALTHCARE” MCHJ dorixonalar tarmog‘i farmatsevtik maʼlumotga ega kadrlar uchun o‘zlarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdilar.

Eslatib o‘tamiz, Shahrimizdagi band bo‘lmagan fuqarolarni ish bilan taʼminlash maqsadida muntazam o‘tkazilib kelayotgan “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” biroz avval joriy yilning 20 iyul sanasida Shayhontohur tumanida o‘tkazilgan edi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech