O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

RADIKS farmatsevtika korxonasi GMP sertifikatiga ega bo‘ldi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2019 yil 10 aprelda imzolagan “2019 – 2021 yillarda respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini yana-da jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  Farmonida 2022 yilning yanvar oyiga qadar barcha mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar “Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti” (GMP) talablariga muvofiqlik bo‘yicha sertifikatlashtirilishi lozimligi belgilangan.

Bugungi kunda dori vositalari ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar tomonidan zarur ishlab chiqarish amaliyoti talablarini joriy etilganlikni baholash yuzasidan audit o‘tkazilishi bo‘yicha bir nechta korxonalar tomonidan murojaatlar yo‘llangan.

Kuni kecha esa Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida “RADIKS” maʼsuliyati cheklangan jamiyat farmatsevtika korxonasi rahbari Abdug‘ofur Karimovga zarur ishlab chiqarish amaliyoti GMP talablariga muvofiqlik sertifikati taqdim etildi.  

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Xalqaro standartlarni joriy etishni muvofiqlashtirish  boshqarmasi boshlig‘i Faroxat Tashmatovaning so‘zlariga ko‘ra, MCHJ “RADIKS” korxonasi tomonidan kelib tushgan arizaga muvofiq Agentlik huzuridagi Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi ishchi organi tegishli farmatsevtik inspetsiya o‘tkazgan va o‘sha davrda olingan maʼlumotlar asosida korxona GMP talablariga muvofiqlik sertifikatiga loyiqligi topilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech