O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

O‘zbekiston-Italiya onlayn biznes forumi o‘tkazildi

Joriy yilning 25 iyun kuni O‘zbekiston va Italiya farmatsevtika sohasi mutaxassislari ishtirokida onlayn biznes forumi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan mazkur tadbirda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi rahbariyati va yetakchi mutaxassislari, mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillari va distribyutorlar ishtirok etdi.

Onlayn biznes forum doirasida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyev taqdimot qilib, respublika farmatsevtika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan shart-sharoitlar, sanoat salohiyati, xorijiy sarmoyadorlar uchun qulayliklar, yurtimizda samarali ishlayotgan erkin farmatsevtika xududlari borasida atroflicha maʼlumot berdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston va Italiya farmatsevtika sohasi mutaxassislari o‘zlarini qiziqtirgan masalalar borasida o‘zaro muhokama ham o‘tkazdilar. Shuningdek, sohada faoliyat olib boruvchi korxonalar vakillari ularda ishlab chiqariladigan mahsulotlar haqida maʼlumot almashdilar.

Tadbir so‘ngida, tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va jadal rivojlantirishga kelishib oldilar.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech