O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

“Tashkent Pharma Park”da o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi

2021 yilning 1 dekabr kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyev Rossiya Federatsiyasidan tashrif buyurgan soha vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashdi.

Rossiya tomonidan “Gazprombank” AJ birinchi vitse-prezdentining maslahatchisi, Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Sog‘liqni saqlash sohasini raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha vakolatlar markazi rahbari hamda proton terapiyasi yo‘nalishida ilg‘or tibbiy texnika ishlab chiqaruvchilaridan bo‘lgan “IBA” kompaniyasi vitse-prezidenti bilan bo‘lgan mazkur uchrashuvda “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish klasteri doirasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar chog‘i, xususan, innovatsion farmatsevtik vositalarni mahalliylashtirish, radiofarmpreparatlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish hamda klinik tadqiqotlar markazi va tibbiy gostipal uchun integratsiyalashgan elektron tizimini yaratish masalalari ko‘rib chiqildi.

Bunyod etilayotgan klasterni borib ko‘rgan delegatsiya vakillari loyihaning miqyosiga, qurilish surʼatlari va foydalanishga topshirilishi kutilayotgan obyektlarga yuqori baho berib, uning innovatsionligi va mintaqa uchun ijtimoiy ahamiyatini alohida eʼtirof etishdi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech