O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Tezkor: Farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi shuni maʼlum qiladiki, Hindiston elchixonasi 2021 yil 22-26 mart kunlari Hindiston Savdo va sanoat vazirligi ko‘magida Farmatsevtika eksportini targ‘ib qilish kengashi (PHARMEXCIL) tomonidan MDH davlatlari (O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Turkmaniston va Ukraina) ishtirokida Farmatsevtika sanoatida  xaridor va sotuvchi virtual yig‘ilishini o‘tkazishi haqida maʼlumot bergan.

Ushbu virtual uchrashuvlar doirasida 2021 yilning 24 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 10:00da “Hindiston va O‘zbekiston o‘rtasida farmatsevtika sohasidagi hamkorlik va meʼyoriy hujjatlarni yangilash” mavzusida vebinar tashkil etiladi. Unda Hindistoning O‘zbekistondagi elchisi, janob Manish Prabxat farmatsevtika sohasida O‘zbekiston va Hindiston hamkorligi mavzusiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazadi.

Barcha manfaatdor tomonlar mazkur vebinarda ishtirok etishlari mumkin. Tadbir varaqasi va ko‘rgazma bo‘yicha batafsil maʼlumot keltirilgan. VPBSM da ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish quyidagi havola orqali amalga oshiriladi:

https://indocisconnect.pharmexcil.com/index/registration

B2B uchrashuvlarni o‘tkazish uchun, quyidagi masʼul shaxsga murojaat qiling – Lakshmi Prasanna xonim, Tartiga solish masalalari bo‘yicha direktor.

Elektron manzil: regulatorv@pharmexcil.com

Aloqa raqami:  +91 9100949769

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech