O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

O‘zbekiston Respublikasi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori BAYER kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston II xalqaro farmatsevtika forumi doirasida Germaniyaning BAYER kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zbekistonda farmatsevtika bozorini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari va BAYER kompaniyasi bilan ilmiy-texnologik hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Kompaniya vakillari O‘zbekistonning retseptsiz sotiladigan dori vositalari bozorida biznesni uzoq muddatli rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini ta’kidlab o‘tdilar. Shuningdek, kompaniya vakillari Germaniya tomoni bilan ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatishda amaliy yordam berishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Uchrashuv yakunida BAYER kompaniyasi mamlakatimizda onalik va bolalikni qo‘llab-quvvatlash dasturining asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirishga ko‘maklashish chora-tadbirlari, shu jumladan, kompleks vitaminli qo‘llab-quvvatlashdan foydalanishning potensial ijobiy ta’siri bo‘yicha ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqot o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlarni muhokama qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining yetakchi mutaxassislari ishtirokida uchrashuv o‘tkazishga tayyor ekanligini e’lon qildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech