O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Tibbiy buyumlar va tibbiy texnika realizasiyasi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 30 avgust sanasida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi majlislar zalida tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ularni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va realizatsiya qilish to‘g‘risida tartibni belgilovchi normativ xujjatlarni qayta ko‘rib chiqish masalalari bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi rahbariyati, “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi” DUK mutaxassislari, “O‘zbekiston tibbiyot buyumlari ishlab chiqaruvchilari va yetkazib beruvchilari assotsiatsiyasi” vakillari hamda sohada faoliyat yuritayotgan bir guruh tadbirkorlar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani O‘zbekiston hududiga olib kirish va davlat ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini soddalashtirish, shuningdek, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani sertifikatlash masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tadbirkorlarni qiynayotgan muammolarni o‘rganish va ularni tahlil qilish hamda tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani Davlat ro‘yxatdan o‘tkazishda belgilangan tartibga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha ishchi guruh tuzishga kelishib olindi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech