O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Ulug‘bek Egamov boshchiligidagi ishchi guruh Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi

Joriy yil 16 sentyabr kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Egamov boshchiligidagi ishchi guruh Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi.

Viloyatdagi farmatsetika korxonalarida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining holatini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan mazkur tashrif davomida Sirdaryo tumanidagi "REKA-MED FARM" MCHJ qo‘shma korxonasi, “Novugen Pharma” MCHJ xorijiy korxonasi, Guliston shahridagi “Omon med farm” MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

“Novugen Pharma” MCHJ xorijiy korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan dori vositalarini eksport qilish bilan bog‘liq muammolar joyida hal qilinib, Afg‘oniston Respublikasiga eksportni yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek Tojikiston Respublikasida dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha tegishli tushuntirish va ko‘rsatmalar berildi.

Sirdaryo tumanidagi "RIVER MED PHARM" MCHJ tomonidan infuzion eritmalarni ishlab chiqarishni tashkil qilish loyihasini amalga oshirish holati o‘rganilib farmatsevtika faoliyati litsenziyatini litsenziyalash, dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda korxona ishga tushgandan so‘ng GMP milliy sertifikatini taqdim etish yuzasidan ishlarni jadallashtirish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech