O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Davlat markazi Turkiyaning "Abdi Ibrahim" kompaniyasi bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi

“Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi” mutaxassislaridan iborat ishchi guruh xizmat safari bilan Turkiya davlatida bo‘lib turgani haqida xabar bergan edik.

Mazkur xizmat safari Turkiya farmbozorida so‘ngi 20 yil davomida yetakchi bo‘lib kelayotgan "Abdi Ibrahim" kompaniyasiga tashrif bilan davom etdi.

Tashrifda ishchi guruh vakillari "Abdi Ibrahim" kompaniyasi tarkibida akkreditatsiyadan o‘tgan Turkiyadagi birinchi ilmiy-tadqiqot markazi laboratoriyalari faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Shuningdek uchrashuv davomida, O‘zbekistonga investitsiya kiritish jumladan, "Abdi Ibrahim" kompaniyasini mahsulotlarini yurtimizda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Tashrif yakunida Davlat markazining sinov markazlari va laboratoriyalari mutaxassislari uchun joriy yilning 11-14 oktyabr kunlari turk kompaniyasi mutaxassislari ishtirokida qisqa muddatli malaka almashinishni tashkillashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Maʼlumot uchun "Abdi Ibrahim" kompaniyasi dunyonining 60dan ortiq davlatiga o‘z mahsulotlarini eksportini yo‘lga qo‘ygan, 110 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan dunyodagi nufuzli farmatsevtika kompaniyalaridan biri hisoblanadi.

Davlat markazi Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech