O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Mahalliy dori vositalari va tibbiy jihozlarni xorijga eksport qilish masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 3 iyul kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida Buyuk Britaniyaning farmatsevtika sanoati vakillari bilan videokonferensiya bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi tashabbusi bilan tashkil etilgan onlayn uchrashuvda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi rahbariyati va yetakchi mutaxassislari, mahalliy farmatsevtika ishlab chiqarish korxonalari vakillari hamda Britaniya tomonidan – Crown Agents kompaniyasi vakillari ishtirok etdi.

 

Onlayn uchrashuvning asosiy mavzusi O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarga eksport qilish masalalarini muhokama qilish bo‘ldi.

Taʼkidlash joizki, Britaniyaning Crown Agents kompaniyasi vakillari O‘zbekistonning tibbiyot mahsulotlariga katta qiziqish bildirdilar, xususan, tomonlar pandemiya paytida Britaniya tomoni uchun zarur bo‘lgan dori-darmonlar, tibbiy buyumlar va tibbiy asbob-uskunalar ro‘yxatini muhokama qildilar.

 

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyevning so‘zlariga ko‘ra, bizning farmatsevtika sanoatimiz mahsulotlari xalqaro talablarga to‘la javob beradi. “Bugungi kunda farmatsevtika sohasi zarur tibbiyot mahsulotlari va dori-darmonlar, xususan, bir martalik tibbiyot qo‘lqoplari va niqoblar, turli xil viruslarga qarshi dorilar va antibiotiklar, infuzion eritmalar va boshqa tibbiy buyumlarni pandemiyaga qarshi kurashish uchun zarur hajmda yetkazib bera oladi”, deya taʼkidladi Farmagentlik direktori.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech