O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Hamkorlik aloqalari eʼtibor markazida

Joriy yilning 10 fevral kuni O‘zbekiston va Hindiston rasmiylari ishtirokida bo‘lib o‘tgan virtual uchrashuv “Farmatsevtika sohasida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari” mavzusiga bag‘ishlandi. 

Hindistoning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan uchrashuv respublika vazirliklari va idoralari vakillarini videokonferensaloqa shaklidagi uchrashuvda birlashtirdi. 

Uchrashuvda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan Direktor o‘rinbosari Alisher Temirov, Xalqaro aloqalar va investitsiyalarni jalb qilish boshqarmasi boshlig‘i Rahima Madraimova va bosh mutaxassis Jamshid Eshmurodov ishtirok etishdi.

Alisher Temirov Hindiston tomonini respublikamizning jadal rivojlanayotgan farmatsevtika sanoatidagi holat bilan tanishtirib, ushbu sohasining sarmoyaviy jozibadorligiga urg‘u berdi. Shuningdek, mamlakatning qo‘shni davlatlarga eksport qilish uchun qulay joylashganligini ham alohida taʼkidladi. Farmatsevtika sohasidagi O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi munosabatlar va hamkorlikning har yili o‘sib borayotganligi haqida ham gapirib o‘tdi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Direktor o‘rinbosari Hindistonning Toshkentdagi elchixonasi va O‘zbekistonning Dehlidagi elchixonasini Hindistondagi farmatsevtika kompaniyalari bilan aloqalarni o‘rnatishda, shuningdek, yangi sarmoyaviy loyihalarga zamin yaratish maqsadida farmatsevtika ishlab chiqaruvchi korxonalari bilan forumlar tashkil etishda ko‘maklashishga chaqirdi.

Uchrashuvda, shuningdek, hind farmatsevtika kompaniyalari bilan O‘zbekistonda biotexnologik dori voistalarini, shu jumladan COVID-19 ga qarshi vaksinalarni ishlab chiqarish va mahalliylashtirish bo‘yicha hamkorlik aloqalarini o‘rnatish istiqbollarini muhokama qilishga alohida eʼtibor qaratildi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Xalqaro aloqalar va investitsiyalarni jalb qilish boshqarmasi boshlig‘i Rahima Madraimova Agentlik va O‘zbekistoning Hindistondagi elchixonasi sayi-harakatlari bilan “Bharat Biotech” kompaniyasi bilan kelishuvga erishilganligi va vaksinalar bilan taʼminlash bo‘yicha Memorandum imzolanganligi haqida gapirdi. 

Hindistoning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi janob Manish Prabxat Hindiston farmatsevtika kompaniyalari bilan uchrashuvlar tashkil etishga ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi. Shuningdek, Hindiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan o‘tkazilishi rejalashtirilgan ko‘rgazma haqida maʼlumot berdi.

Videokonferensaloqa uchrashuvi yakunlari bo‘yicha ishtirokchilar farmatsevtika sohasida yana-da yaqin hamkorlik qilish va o‘zaro manfaatli yaloqalarni yana-da rivojlantirish to‘g‘risida kelishib oldilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech